Telba demasdan meni,
Chida telbaliklarimga,
Ketsa telbang, sog'inasan-ku.
Men chidayman-ku sening
Hamma erkaliklaringga,
Chunki seni deganman mangu.
Bil, hech kim urushmaydi sevmasa,
Rashk qilmaydi yo'qotishdan qo'rqmasa.
Bil, men sening zamindagi aksingman,
Sen yaxshi bo'lsang, yaxshingman.
Ayt menga, men yomonday kim chidaydi senga,
Kim sevar menday?
Ayt menga, men kabisin topasan qaydan?
Yomon bo'lsam ham, chin sevaman.
Unutasan sen meni,
Yetti qadam chiqsang uydan,
Yuz qadam ham menga qilmas kor.
Mayli, kechirdim seni,
Olis bo'lib yomon o'ydan,
Men ham boshlasam, bo'lasan xor.
Bil, hech kim urushmaydi sevmasa,
Rashk qilmaydi yo'qotishdan qo'rqmasa.
Bil, men sening zamindagi aksingman,
Sen yaxshi bo'lsang, yaxshingman.
Ayt menga, men yomonday kim chidaydi senga,
Kim sevar menday?
Ayt menga, men kabisin topasan qaydan?
Yomon bo'lsam ham, chin sevaman. (x1+x1)