Men uchun bahorlar kuz bo'lib qoldi,
Otashin yuraklar muz bo'lib qoldi,
Baxt qushi boshimga qo'nolmay qoldi,
Orzular shunchaki so'z bo'lib qoldi.
Baxt qushi boshimga qo'nolmay qoldi,
Orzular shunchaki so'z bo'lib qoldi.
Armonimsan sen, azobimsan sen,
Qalbim og'rig'i, qiynog'im ham sen,
Yurakdan sevgan insonimsan sen,
Bardosh qilolmagan hijronimsan sen. (x2)
Ollohim, davo ber o'zing dardimga,
Suyanib yashayman yolg'iz o'zingga.
Bu yolg'iz dunyoda yolg'izman endi,
Sevgim meni ketdi endi samoga.
Armonimsan sen, azobimsan sen,
Qalbim og'rig'i, qiynog'im ham sen,
Yurakdan sevgan insonimsan sen,
Bardosh qilolmagan hijronimsan sen.
Armonimsan sen, azobimsan sen,
Qalbim og'rig'i, qiynog'im ham sen,
Yurakdan sevgan insonimsan sen,
Bardosh qilolmagan hijronim ham sen.