Gap to'g'rimas,
Sanga o'zi kim yomonlik qiladi
Agar to'g'ri yursang?
Kuydurma-da hammani, o'g'ri bo'lib,
O'zingga insof so'ra!
Mayli, mani do'st dema,
Lekin o'zing uchun bil, tur, harakat qil.
Hov bola, ko'chada hamma hurmat qiladi,
Bu yo'ldan qayt, halol bo'l.
O'g'ri dema, men yomonlik qilmadim,
Nafsi buzuq insonlarni jazolashga kirmadim.
O'g'ri dema, men yaxshilik ko'rmadim,
Azob chekdim, lek nomardlik hech kimga men qilmadim.
Ko'ksingni xiyonat sanchib ketmasin,
Do'stlaring it kabi g'ajib ketmasin.
Boshing g'avg'olardan achib ketmasin,
Yigitga ne kerak yana, gapir?
Sevganing boshqaga ko'zin suzmasa,
Ortingdan makkora reja tuzmasa,
Kimdir hayotingni kelib buzmasa,
Yana nima kerak sanga, gapir?
O'g'ri dema, men yomonlik qilmadim,
Nafsi buzuq insonlarni jazolashga kirmadim.
O'g'ri dema, men yaxshilik ko'rmadim,
Azob chekdim, lek nomardlik hech kimga men qilmadim.
Jigarlaring aslida bilgin kim taraf,
Erkakni sindirar mayda-chuyda gap.
Yaqinlaring ochganida oqibatdan gap,
Yigitga ne kerak o'zi, gapir?
O'g'ri dema, men yomonlik qilmadim,
Nafsi buzuq insonlarni jazolashga kirmadim.
O'g'ri dema, men yaxshilik ko'rmadim,
Azob chekdim, lek nomardlik hech kimga men qilmadim.