Yolg'onchi yor, yolg'onlar tugar qachon?
Yolg'on yig'lab turganlar tugar qachon? (x2)
Qachon menga bir iltifot aylagaysan?
Qachon tugar sitamlar, qachon, qachon?
Qachon menga bir iltifot aylagaysan?
Qachon tugar sitamlar karvon-karvon?
Yolg'onchi yor, yolg'onlar tugar qachon?
Yolg'on yig'lab turganlar tugar qachon?
Karvon-karvon sitamlar tugar qachon?
Karvon-karvon yolg'onlar tugar qachon?
O'ngimda chog', so'limda cho'g', ko'nglimda cho'g,
Jonim – sayyod qo'lidagi jayron, jayron.
Ming bir kecha ertagin ayt – ishonmasman,
Ishonmay ham, ko'zimda yosh marjon-marjon.