Ko'z yoshlaring endi foydasi yo'q,
Axir men emas, o'zing ketganding.
Biz o'sha bog'da qilgan orzular
Sarobga aylanmoqda, bir qara.
Sen bilan o'tgan o'sha damlarim
Hali hamon xayolimdan ketmas.
Sovuqda qoldim bugun bir o'zim,
Qaniydi, mehringga bir zum to'ysam.
Endi afsuslaringni foydasi yo'q,
Ko'z yoshlaring endi keragi yo'q.
Bugun ortga qaytishga imkonim yo'q,
Axir men emas, o'zing xohlagansan.
Sening gapingga ishongan edim,
Yolg'on va’dalar bilan aldading.
Xatolarimni bugun angladim,
Qo'limni qo'yvor, endi kerakmas.
Dardlarimga bugun dardlar qo'shma,
Endi sen xohlaganday bo'lmaydi.
Bo'ldi, boshqa ko'zimga ko'rinma,
Yolg'onlaring bilan sen aldama.
Endi afsuslaringni foydasi yo'q,
Ko'z yoshlaring endi keragi yo'q.
Bugun ortga qaytishga imkonim yo'q,
Axir men emas, o'zing xohlagansan.