Dardim uzun, uzun bu tunlar,
Yurak mahzun, ma’nosiz kunlar.
Ayt, ne uchun ko'ngil hamon sen bilan?
Xayolimdan ketmas u damlar,
Vujudimni tirnar alamlar,
Ko'zlarimni ko'r qildi bu muhabbat.
Ammo yurak sen bilan,
Lekin u qaytmaydi.
Mening dardim sen bilan,
Sensiz dard bitmaydi.
Ammo yurak sen bilan,
So'ndiku orzular.
Mening qalbim sen bilan,
Sog'inchim bitmaydi,
Yuragim yig'laydi.
Sarson hayot, ayro bu yo'llar,
Sensiz netay, ko'nmas bu dillar,
Xazon bo'lib, sevgim armon bu kunlar.
Xayolimdan ketmas u damlar,
Vujudimni tirnar alamlar,
Ko'zlarimni ko'r qildi bu muhabbat.
Ammo yurak sen bilan,
Lekin u qaytmaydi.
Mening dardim sen bilan,
Sensiz dard bitmaydi.
Ammo yurak sen bilan,
So'ndiku orzular.
Mening qalbim sen bilan,
Sog'inchim bitmaydi,
Yuragim yig'laydi.
Yuragim yig'laydi…