Sizni o’yladim, shirin so’zladim,
Nega sochingizni kesdingiz, man tushunmadim?
Mandan so’ramay, ko’ngil so’ramay,
Yuribsizda bemalol, ro’mol o’ramay.
Ey, sochingiz yoqardi, suvdek oqardi,
Bilsangiz shu sochlar manga yoqardi.
Bahona topmang, boshqa urinmang,
Sochingiz o’smaguncha-ey manga ko’rinmang!
E, bahona topmang, boshqa urinmang,
Sochingiz o’smaguncha-ey manga ko’rinmang!
Bekor bo’pti-ey, bekor bo’pti-yey,
Uzun sochlar-ey uvol bo’pti-ya.
Bekor bo’pti-ey, bekor bo’pti-yey,
Shunday sochlar-ey uvol bopti-yey.
O’zimga ozgina boqayin debman-ey,
Ranjimang, man sizga yoqayin debman. (x2)
Boshqalar kesganda nega man kesmay-ey?
Bugun man yoningizga bekorga kelibman.
Boshqalar kesganda nega man kesmay-ey?
O’zi man yoningizga bekorga kelibman.
Ajab bo’pti-ya, ajab bo’pti-ya,
Sochim yoqmasa-ya, ajab bo’pti-ya.
Voy, ajab bo’pti-ya, ajab bo’pti-ya,
Sochim yoqmasa-yey, ajab bo’pti-ya.
Sochingiz o’zi yaxshidi,
Oy yuzingiz naqshiydi. (x2)
Endi sizga qarasam-ey,
Mani jonim qaqshiydi. (x2)
Yomon bo’pti-ye, yomon bo’pti-ya,
Uzun sochlar-a tamom bo’pti-ya.
Yomon bo’pti-ye, yomon bo’pti-ya,
Shunday sochlar-ey tamom bo’pti-ya.
Buni zamon deydilar, shunday udum kezganda,
Man bechora na qilay, hamma shunday kesganda.
Hozir shunday tarashgan, havas bilan qarashgan,
O’zingiz ko’rib turibsiz, manga juda yarashgan.
Ne tilagingiz bor manda, tushunmaysiz chamamda,
Axir sizga yoqqani urinamanda. (x2)
Ajab bo’pti-ya, ajab bo’pti-ya,
Sochim yoqmasa-ya, ajab bo’pti-ya.
Voy, ajab bo’pti-ya, ajab bo’pti-ya,
Sochim yoqmasa-yey, ajab bo’pti-ya.
Ajab bo’pti-ya, ajab bo’pti-ya,
Ajab bo’pti-ya…