Boshi toshdan bo’lsin erkakning doim, {x2}
Bolasi och qolsa – qiyomat qoyim. {x2}
Xotinning zahridan asra Xudoyim, {x2}
Ko’chaga chiqadi tirikchilikda,
Nimalar bo’lmaydi yigitchilikda. (x2)
Kimgadir quchog’in ochadi bozor,
Kimdir hunar bilar, usta, duradgor. (x2)
Kirakashlik qilar mashinasi bor, {x2}
Kimdir mehnat qilar sherikchilikda,
Nimalar bo’lmaydi yigitchilikda. (x2)
Qancha uzoqlarni yaqin qilasan,
Tuproqni ham elab, oltin qilasan. (x2)
O’zingdan o’tganin o’zing bilasan, {x2}
O’zingdan ketmagin bu to’qchilikda,
Nimalar bo’lmaydi yigitchilikda.
Aslida hayot ham bitta maktabdir,
Hayotni o’rgatar katta maktabdir. (x2)
Ahad shoir izlar, do’stlar, bir tadbir,
Vohidjon ham kuylar sizga bir qo’shiq,
Qo’shiq aytgani yo’q bir sho’xchilikda,
Nimalar bo’lmaydi yigitchilikda. (x2)
Ko’chaga chiqadi tirikchilikda,
Nimalar bo’lmaydi yigitchilikda.
Kimdir mehnat qilar sherikchilikda,
Vo’y, nimalar bo’lmaydi yigitchilikda.