Sevar edim seni, jonim,
Qalbimga sig'masdi ishqim.
Kechalari uxlolmasdan
Sen haqingda o'ylardim,
Sen bilan men baxtli edim.
Qanday qaytara olsam
O'sha o'tgan kunlarni.
Seni bag'rimga bossam,
Unutib qayg'ularni. (x2)
Ajrashdik biz ne sababdan?
Tashlab ketding meni birdan.
Kutmagandim, jonim, sendan,
Ketding boshqasi bilan,
Aytgin, nega, nima uchun?
Qanday qaytara olsam
O'sha o'tgan kunlarni.
Seni bag'rimga bossam,
Unutib qayg'ularni. (x2+x2)