(Tunning yarmi, onajon, hamma ishidan uyquda,
Nechun sening qo'llaring hamon duoda?
O'zingni o'ylamay, faqat bizni but qilding, {x2}
Ajin tushgan yuzlaringga oy teng kelmas osmonda. {x2})
Dardingga darmon o'zim bo'laman,
Qalbingga malham farzand bo'laman. (x2)
Shuncha qaro tunlarni o'tkazding, ona,
Xizmatingni qilmasam, ayt kim bo'laman? (x2)
Boshimni silab, duogo'yimsan, ona,
Yaxshi-yomon kunimda o'zing parvona.
Ikki dunyo ulug' zot sensan u, ona,
Xizmatingni qilmasam, ayt kim bo'laman?
Sajdagohim onam, farishtam o'zing,
Bu dunyoda jannatim, jannatim ko'zing.
Hayotimga quyoshmas, nur berar yuzing,
Xizmatingni qilmasam, ayt kim bo'laman?
Soching oqlariga bo'ldim aybdor,
Senga hali, onam, qancha ajr bor?
Qo'y yig'lama, onam, yig'lab nima bor?
Xizmatingni qilmasam, ayt kim bo'laman?
Xizmatingni qilmasam, ayt kim bo'laman?