Mana bugun yana sani o'yladim,
Mana bugun yana sani esladim.
Yo'q yoki yana yuzimda qayg'u,
Birdaniga begona bo'ldi tuyg'u.
Endi vaqtlar o'tar tezlashib,
Yuragim unutar sekinlashib.
Yomg'ir tinar asta-astalab,
Ayt, qilganmidim yoki baxt talab?
Yuragimda qolding o'chmas iz bo'lib,
Yashayabsan kim bilan baxtga to'lib?
Hayotimning mazmuni o'zing eding,
Sevaman deb, oxiri alvido, deding.
Qanchalar kutardim, ortiga qaytar deb,
Lekin unutdim, bo'ldi, bari yetar deb.
Ayt, nimalarni so'rar eding Xudodan?
Bu qo'llaring tushmas edi duodan.
Boshida sog'indim-a, qancha vaqt kutdim-a,
Lekin unutdim-a, sani unutdim-a. (x2)
Mana tugadi baribir, so'zlarim ketgandi bekor,
Axir, nima uchun o'rtamizga tushadi devor?
Bugun xiyonat oddiy holatga aylanib qolgan,
Holingni so'raganda – bugun boshqa o'ragan.
Ha, manga baribir, lekin yetar, bas, qara,
Hammaning yonida bo'libman shunchaki masxara.
Jamiyat buziladi yana kimning dastidan,
“Ot” deb atashadi yana bularning bastidan.
Kayf-u safodan ko'rmadim yana bir foydani,
Xayollaring yuradi osmondagi oydami.
Kimlarga ko'ngil qo'yasan, kuyishga arzimas,
Bora-bora bo'ladi, ko'ngil qo'yish ham yaxshimas.
Hamma narsani o'z holicha o'lchadi qariching,
San haqingda eshitganlarim bo'lyapti bari chin.
Mayli bor, o'shalar bilan endi yuraver,
Ustingdan kulishadi, jimgina turaver.
Charchadim san haqingda o'ylashdan, bo'ldi,
Sandan bo'ldi, ko'pchilikni nazari to'ydi.
To'ydim, sabrkosam bugun sindi,
Yuragimga yog'ayotgan yomg'ir tindi.
Kimlarga siylamadi sani iltifotlaring,
Hammasi pul uchunmidi, yuragingni sotlaring?
Uzayib ketadi masofa, yo'qolar ishonch,
Bora-bora ko'rinasan kimlarga bo'lib nishon.
Bo'ldi erkalama, jim, yuragim tosh endi,
San bilgan osmoningda botar quyish endi.
Ko'r emas bugunga kelib mani ko'zlarim,
Endi tushingga kiradi shivirlab ovozlarim.
Kerak emas nozlari, yoqimsiz ovozlari,
Dil izhorlari yozilgan qandaydir qog'ozlari.
Yo'q endi, bo'ldi, tuyg'ularimga yakun yasadim,
Hayotimga qiziqma, o'zim bilib yashayin.
Boshida sog'indim-a, qancha vaqt kutdim-a,
Lekin unutdim-a, sani unutdim-a. (x2)
Yor, ayblaganding meni,
Yor, ayblaganding meni.
Orzular, netay, armon bo'ldi,
Sevganim kimlarga yor bo'ldi?
Qayg'ular menga hamroh bo'ldi,
Shunchaki orzular yo'q bo'ldi.
Men darbadar kezdim, yolg'onlardan bezdim,
Xiyonating sezib, ketdim sendan kechib.
Ketding kimlar bag'riga, qo'l siltading bariga,
Afsuslar endi foydasiz, xato qilding qoidasiz.
Boshida sog'indim-a, qancha vaqt kutdim-a,
Lekin unutdim-a, sani unutdim-a. (x2)