“Даже” “money-money” million ham,
Hayot tekin ekan, narhi kam.
Qani yana vaqtni qaytarsam,
Qani taqdiringni aldasam.
Lekin nega-nega oldindan
Hayot davomini fol ochsam,
O'sha zahot saning yoningda
Dushman o'qidan-o qaytarsam.
Katta yo'ldan o'tgan, chekkada qanotda,
Halifat nazari, lochin ko'zlari nari.
Yerlar zah, xo'l shamol nafasda,
Qadam oldim asta,
Jarohatdan yumgan ko'zini ulpadim, basda.
O'q tamom, soniya davom,
Do'stim yaxlagan badani yotdi vassalom.
Tomchilab ruhi dilini qoldiradi bo'm-bo'sh,
Qanidi man ham agar san bilan yondosh,
San bilan yondosh.
Kimlar bilan yurib, adashib,
Nimalar qilding o'zing?
Kimlar bilan yurib, adashib,
Umringni nima qilding? (x2)
Toshdi, jahl to'lib oshdi,
Qonda rosa yondirar qasam.
Bir o'zing yagona, hayoting davomi dona,
Milliondan tanlash kerak sonda.
Havotirda ona, bir o'zi yagona,
Eshik ostida kutganlar,
Tonggacha ko'z yummaganlar.
Afsus, eng yaqin o'rtoq
Ko'chada benafas, behayot halok,
Behayot halok.
Kimlar bilan yurib, adashib,
Nimalar qilding o'zing?
Kimlar bilan yurib, adashib,
Umringni nima qilding? (x2)
Yumganimda ko'zimni (rostdan-rostdan)
Esladim hayotimiz, (pasda-pasda)
Sho'x bolalagimizni, (do'stim-do'stim)
Daydi kechalarimiz. (tepada-tepada)
Shirin hayot havaslab, (rostdan-rostdan)
Achchiq kunlarga chidab. (ayamasdan)
Har kuni sog'inaman, (do'stim-do'stim)
Sanga salom do'stlardan.