Yuragim seni so'raydi, ne qilay tushunmasa?
Ko'zlarim sensiz yashashimga, afsus, ko'nmasa?
Orzular nega endi biz o'ylaganday bo'lmasa,
Sen sevsang, u sendek sevmasa, sevmasa.
Mening dardim ichimda qolib ketdi, qolib ketdi,
Yolg'onchi yor yuragimni olib ketdi, olib ketdi.
Muhabbatim osmonlarga uchib ketdi, uchib ketdi,
Ko'ngil afsus endi sendan sovib ketdi, sovib ketdi.
Mayli, meni unut, unut-unut mayli,
Biz bo'la olmadik Majnun-u Layli.
Ajralamiz nechun, nimalar tufayli?
Mayli…
Vaqt o'tib, yurak sensizlikga asta ko'nadi,
Dard ketib, baxtli kunlar ham sezaman – keladi.
Orzular o'shanda men istaganday bo'ladi,
Men sevsam, u mendek sevadi, sevadi!

Mayli… (x1+x2)