Subhidamda suvga chiqsam,
Bir yigit xomush yurar.
Aqli-xushi yo'q ozida,
Goh turib, goh o'ltirar.
Tim qora ko'z tikilmish,
Suvga aytib arzi dil.
Yo uning ko'zgusida bir
Mohiro'y yorni ko'rar.
Subhidamda suvga chiqsam,
Bir yigit xomush yurar.
Aqli-xushi yo'q ozida,
Goh turib, goh o'ltirar.
Tong shamoli so'rsa holin,
Sochlaridan goh o'pib,
Oh urib undan yigit,
Yo sharpasi, vaslin so'rar.
Holiga zimdan nazar
Tashlab dilim bo'ldi zabun,
Bilmadim xushi qayoqda,
Sur’ati bunda turar. (x2)
Subhidamda suvga chiqsam,
Bir yigit xomush yurar.
Aqli-xushi yo'q ozida,
Goh turib, goh o'ltirar.
Tim qora ko'z tikilmish,
Suvga aytib arzi dil.
Yo uning ko'zgusida bir
Mohiro'y yorni ko'rar.
Qay parivash ko'rmadi
Payvasta qoshlar husnin,
Der Saida: ishq qadrin
Bilmaganni ishq urar. (x2)
Subhidamda suvga chiqsam,
Bir yigit xomush yurar…
Ho, tim qora ko'z tikilmish,
Suvga aytib arzi dil.
Yo uning ko'zgusida bir
Mohiro'y yorni ko'rar.
Subhidamda suvga chiqsam,
Bir yigit xomush yurar.
Aqli-xushi yo'q ozida,
Goh turib, goh o'ltirar.