Bizni rashk ayirgan edi asli,
Dilda sog'inchlar zahri.
Unut o'rtadagi gumonlarni
Asl sevgimiz haqqi.
Bilaman,
Eng yorqin kunlarim sen bilan, bilaman,
Xatolarim kechirolmassan, bilaman,
Balki yo'lingdan ham qaytmassan, bilaman.
Bilasan,
O'zingdan o'tgan dardni o'zing bilasan,
G'ururing yo'l bermaganin ham bilasan,
O'zingdan ham xatolar o'tgan, bilasan.
Xafa bo'lma, sevgilim,
Bilib-bilmay diling og'ritdim.
Men senga kerak kunim
E’tiborsiz olisga ketdim.
Mana turibman qadring bilib,
Qarshingda bir o'zim.
Kecholmadim, ketolmadim.
Nima qilay, o'zim ketib,
Qalbim aslo kechmas sendan,
Sevaman, qanday sevgan bo'lsam
O'sha birinchi kundan.
Kel yonimga, endi so'roq qilib,
Sevgimiz qiynama.
Kecholmadim, ketolmadim.
Esda qolar ekan birinchi kun,
Yod et sevgimiz haqqi.
Go'zallarni ko'p ko'rdim dunyoda,
Lek tanhosan, sevgilim.
Bilaman,
Eng yorqin kunlarim sen bilan, bilaman,
Xatolarim kechirolmassan, bilaman,
Balki yo'lingdan ham qaytmassan, bilaman.
Bilasan,
O'zingdan o'tgan dardni o'zing bilasan,
G'ururing yo'l bermaganin ham bilasan,
O'zingdan ham xatolar o'tgan, bilasan.
Xafa bo'lma, sevgilim,
Bilib-bilmay diling og'ritdim.
Men senga kerak kunim
E’tiborsiz olisga ketdim.
Mana bugun turibman qadring bilib,
Qarshingda o'zim.
Kecholmadim, ketolmadim.
Nima qilay, o'zim ketib,
Qalbim aslo kechmas sendan,
Sevaman, qanday sevgan bo'lsam
O'sha birinchi kundan.
Kel yonimga, endi so'roq qilib,
Sevgimiz qiynama.
Kecholmadim, ketolmadim.
Bilaman,
Eng yorqin kunlarim sen bilan, bilaman,
Xatolarim kechirolmassan, bilaman,
Balki yo'lingdan ham qaytmassan, bilaman.