Bir qiz kelar mening tomon,
Qo'llarida sadarayhon.
Ko'ray desam ko'zlarini,
Qayrilmaydi, yuzi pinhon.
Boqmaydi hech bir bor qiyo,
Dimoqlari osmon go'yo.
Qiz degani shunchalar ham
Kuydirmajon bo'larmi yo?
Sen-la baxtim bog'lansa,
Yorim, qaniydi,
Qalbing ko'zi ko'zlarimni
Qachon taniydi?
Yuz burma jonim, hay-hay,
Kuydirma jonim, hay-hay,
Nozingdan, ovozingdan bay-bay.
Duch kelganda so'z aytmay,
Sho'xlik qilib, gap otmay,
Axir ketolmayman indamay.
Ko'chamizdan o'tgan payti
Yuzin ko'rmay dil qiynaydi.
Shamol esib, yuzin to'sgan
Ro'molin uchirsaydi.
Yo'llarini to'ssammi-yo,
To'sib, gulim tutsammi-yo?
Bergan gulimni olmasa,
Olib qochib ketsammi-yo?
Sen-la baxtim bog'lansa,
Yorim, qaniydi,
Qalbing ko'zi ko'zlarimni
Qachon taniydi?
Yuz burma jonim, hay-hay,
Kuydirma jonim, hay-hay,
Nozingdan, ovozingdan bay-bay.
Duch kelganda so'z aytmay,
Sho'xlik qilib, gap otmay,
Axir ketolmayman indamay.
Sen-la baxtim bog'lansa,
Yorim, qaniydi,
Qalbing ko'zi ko'zlarimni
Qachon taniydi?
Yuz burma jonim, hay-hay,
Kuydirma jonim, hay-hay,
Nozingdan, ovozingdan bay-bay.
Duch kelganda so'z aytmay,
Sho'xlik qilib, gap otmay,
Axir ketolmayman indamay.