Tunu kunim uzun, yuragim ham mahzun,
Nega dil sog'inchdan qiynalar?
Hayotim sen uchun,
Seni deya har kun yasharman orzuda.
Yulduzlar, yulduzlar
Tinmasdan menga boqar,
Yuragim sog'inchdan yonar.
Bu orzuli kunlar, bu sog'inchli tunlar
Yulduzlar meni ovutar, ovutar.
Bu hijronli tunlar, bu sog'inchli kunlar
Tinmasdan seni sog'inar, sog'inar.
Sog'inar, sog'inar…
Ko'zlarim yo'lingda, baxtim ham qo'lingda,
Asraganim sensan qalbimda.
Baxtimsan betakror, shunga bo'ldim iqror,
Seni vujudimdan sevaman.
Har kun, har tun seni sog'inar dil,
Har kun, har on mening yonimda bo'l.
Har zum meni sog'inchli xayollar
Qiynaydi tinmay.
Har kun, har tong termulib osmonga,
Har kun, har on borsan yuragimda,
Har zum qalbim ismingni takrorlar.
Yulduzlar, yulduzlar
Tinmasdan menga boqar,
Yuragim sog'inchdan yonar.
Bu orzuli kunlar, bu sog'inchli tunlar
Yulduzlar meni ovutar, ovutar.
Bu hijronli tunlar, bu sog'inchli kunlar
Tinmasdan seni sog'inar, sog'inar.
Sog'inar, sog'inar…