Dod, to'ng'izda rashk bo'lmaydi,
Go'shti harom deydilar.
Rashki yo'q, ammo to'ng'iz
Yorin yotga qo'shmaydi.
Bir maskan bor, erkaklar
G'urur-orni toptaydi,
Xotinin, qizin sotib,
Davlat, yemak g'amlaydi.
Qo'shni qiz chetga ketsa,
O'qishga deb o'yladik.
Xotin-chi yo'lga yursa,
Tiriklik deb so'yladik.
Ularning nomi – da’yuslar,
Dunyo bundan ma’yuslar.
Nahot hazar qilmaydi,
Kimligini bilmaydi?
Ularning nomi – da’yuslar,
Dunyo bundan ma’yuslar.
Nahot hazar qilmaydi,
Or nomusni toptaydi.
Ularning nomi – da’yuslar!
Peshona, taqdir debon,
So'ylar bizga ertaklar,
Insonmas, hayvondanda
Jirkanch, da’yus erkaklar.
Xotin anday, er bunda
Ko'kragi to'la g'ururlar,
Oh, qiyomatning belgisi,
Xabar o'sha da’yuslar.
Bolalik to'ylar ko'rib,
Ho'p o'zlari yayradi.
Lekin o'z qizlariga, oh,
Baxtni ravo ko'rmadi.
Ularning nomi – da’yuslar,
Dunyo bundan ma’yuslar.
Nahot hazar qilmaydi,
Or nomusni toptaydi.
Ularning nomi – da’yuslar,
Dunyo bundan ma’yuslar.
Nahot hazar qilmaydi,
Kimligini bilmaydi?
Ularning nomi – da’yuslar,
Dunyo, oh dod, ma’yuslar.
Nahot hazar qilmaydi,
Kimligini bilmaydi?
Ularning nomi – da’yuslar,
Dunyo bundan ma’yuslar.
Nahot hazar qilmaydi,
Kimligini bilmaydi?
Ularning nomi – da’yuslar!