Nimani ko'rgandi dunyoga kelib?
Ko'rgani zorligu, daryo kabi qon. (x2)
Bolam, degim keldi ko'nglim ezilib, {x2}
Yo'rgagi kafanlik bo'lgan bolajon.
Jangohga aylandi bu kun diyoring,
Qismating ko'z yoshmi, taqdirmi, alam? (x2)
Balki qo'g'irchog'ing kutar diydoring, {x2}
Qo'g'irchog'idan ham umri oz bolam.
Kuzlarda ochilgan lolajonlarga,
Loladan ham mahzun jonajonlarga,
Kulgusi yig'iga ulanmasin hech,
Dunyoni beringlar bolajonlarga. (x2)
Qo'lingga qurolmas, ko'p o'yinchoqlar
Yarashar edi-ku murg'akkina jon. (x2)
Seni zor etganlar tortadi ohlar, {x2}
Bir kuni uvoling tutar, bolajon.
Kuzlarda ochilgan lolajonlarga,
Loladan ham mahzun jonajonlarga,
Kulgusi yig'iga ulanmasin hech,
Dunyoni beringlar bolajonlarga. (x2)
Onangni topolmay sarson-u sargardon,
Munchoq ko'zlaringdan tomchilaydi yosh.
Ohingdan titraydi zamin-u zamon,
Senga oy onadir, otadir quyosh.