Men seni qalbim, borim-la sevdim,
Yaxshi-yomon kunda yoningda bo'ldim,
Bir sevgim emas, borim berdim,
Afsus, unutding.
Sevgim so'nar endi kundan-kun,
Tuyg'ular yig'lar endi har tun.
Ishonch ko'zlarim bo'ldi mahzun,
Afsus, kechikding.
Qaytmaydi endi u kunlar,
Qaytmaydi orzuli tunlar.
Sevgi so'ndi ovutma hech,
Senga gapim shu – xayr, endi kech.
Xayr, endi kech… (x2)
Hammasin unut, endi sen qaytma,
Bari tugab bo'ldi, sevishing aytma.
Armonim bo'lding, hech unutma,
Afsus, ko'nikdim.
Sevgim so'nar endi kundan-kun,
Tuyg'ular yig'lar endi har tun.
Ishonch ko'zlarim bo'ldi mahzun,
Afsus, kechikding.
Qaytmaydi endi u kunlar,
Qaytmaydi orzuli tunlar.
Sevgi so'ndi ovutma hech,
Senga gapim shu – xayr, endi kech.
Xayr, endi kech… (x2)
Borim-la sevdim… Afsus, unutding…
Sevishing aytma… Afsus, kechikding…
Qaytmaydi endi u kunlar,
Qaytmaydi orzuli tunlar.
Sevgi so'ndi ovutma hech,
Senga gapim shu – xayr, endi kech.
Xayr, endi kech… (x4)