Bola – bu Xudoyimning bergan sovg'asi,
Bola – bu umrimizning qolar mevasi.
Kimlardir bolaga zor, kimdir undan qiladi or,
Axir har bir bolamizda o'zimiz bor.
Yolvoraman – yosh to'kmasin inson bolasi,
Unib-o'ssin gard yuqmasdan sochin tolasi.
Jazo topgay yosh qalbiga ozor berganlar,
Tangrim asra, omon bo'lsin xalqning bolasi,
Tangrim, panohingda bo'lsin inson bolasi.
Tilagim shu – har bir bola quvnab yursin,
Yuzlarida doim quyosh kulib tursin.
Bola qadrin bilmaganlar bir kun albat bo'ladi xor,
Chunki har bir bolamizda o'zimiz bor.
Yolvoraman – yosh to'kmasin inson bolasi,
Unib-o'ssin gard yuqmasdan sochin tolasi.
Jazo topgay yosh qalbiga ozor berganlar,
Tangrim asra, omon bo'lsin xalqning bolasi,
Tangrim, panohingda bo'lsin inson bolasi. (x1+x1)
Tangrim asra, omon bo'lsin inson bolasi…