Qalbga zardob bo'lib to'lganing alam,
Gohi ochilmasdan so'lganing alam.
Muhabbat, muhabbat hammasidan ham
Sochga oq tushganda kelganing alam.
Kelsang, ketgil debon haydolmaganing,
Ortga qaytay desang, qaytolmaganing,
Armoning hech kimga aytolmaganing,
Buni bitta o'zing bilganing alam. (x2)
Goh xotir, gohi xayolni yo'llab,
Goh yulduz, gohi oy kabi porlab,
Shirin jilmayish-la yoniga chorlab,
Olisdan g'amzalar qilganing alam.
Kelsang, ketgil debon haydolmaganing,
Ortga qaytay desang, qaytolmaganing,
Armoning hech kimga aytolmaganing,
Buni bitta o'zing bilganing alam. (x2)
Qalbga zardob bo'lib to'lganing alam,
Gohi ochilmasdan so'lganing alam.
Muhabbat, muhabbat hammasidan ham
Sochga oq tushganda kelganing alam.
Goh xotir, gohi xayolni yo'llab,
Goh yulduz, gohi oy kabi porlab,
Shirin jilmayish-la yoniga chorlab,
Olisdan g'amzalar qilganing alam. (x2)
Kelsang, ketgil debon haydolmaganing,
Ortga qaytay desang, qaytolmaganing,
Armoning hech kimga aytolmaganing,
Buni bitta o'zing bilganing alam. (x2)
Alam, alam-alam, alam-alam, alam-alam…