Men toshlarning tiliman,
Men ko'ngilning guliman,
Bu dunyoning giliman –
Mendan meni so'rama.
Tillosi yo'q toy nadur,
Egilmasa, yoy nadur,
Suv oqmasa, soy nadur –
Mendan meni so'rama.
Kundan tunni so'rama,
Qo'rdan kulni so'rama,
Mendan dunyo so'rayver –
Mendan meni so'rama. (x2)
Sen yetmagan yo'ldaman,
Suv kirmagan cho'ldaman,
Bir maysaman, do'ldaman –
Mendan meni so'rama.
To'kilmasam to'lmayman,
Qor qo'ynida gullayman,
Men shunchaki o'lmayman –
Mendan meni so'rama.
Kundan tunni so'rama,
Qo'rdan kulni so'rama,
Mendan dunyo so'rayver –
Mendan meni so'rama. (x2+x3)