Taqdirimga bitmagan yor, eding yarim bo'lagim,
Axir ko'zlaringni takror ko'rmoq edi tilagim.
Seni yana bir bor ko'rib, ezildi-ya yuragim,
Yuragim, yuragim.
Ko'rdim-u ammo ne qilay, bordir yoningda yoring?
Band etganda endi o'sha sening fikr-u xayoling.
Umidimga qo'ydi nuqta sening ushbu qaroring,
Qaroring, qaroring.
Sevmasam bo'lmasmidi, suymasam bo'lmasmidi,
Ko'rmasam bo'lmasmidi, ko'rmasam?
Balki dil yonmasmidi, og'rinib qolmasmidi,
O'zidan tonmasmidi sevmasam? (x2)
Baxt o'rniga armonlarni tashlab ketding,
Visolgamas hijronlarga boshlab ketding.
Yuragimni parcha-parcha g'ashlab ketding,
Nishlab ketding.
Ayb o'zimda, kerakmasdi sevmasligim, sevmasligim,
Sevgini deb jonni o'tga, suvga hadeb urmasligim.
Kerak edi, kerak edi sevgini hech bilmasligim,
Bilmasligim, bilmasligim.
Sevmasam bo'lmasmidi, suymasam bo'lmasmidi,
Ko'rmasam bo'lmasmidi, ko'rmasam?
Balki dil yonmasmidi, og'rinib qolmasmidi,
O'zidan tonmasmidi sevmasam? (x2)