Ayriliqning berahm azobidan,
Qayg'ular to'la qalbimda.
Ne bo'ldi bizga axir, jonginam,
Men alamda, sen arazda?
Ataylab sabru-bardoshim sinab,
Sen meni buncha qiynaysan?
Men aniq bilaman, sen baribir
Meni sevasan, meni sevasan!
Yo'q, yo'q, yo'q!
Yo'q, yo'q, mensiz yasholmaysan,
Yo'q, mensiz turolmaysan.
Yo'q, meni o'ylab,
Tunlar bedor uxlolmaysan.
Yo'q, yo'q, mensiz yasholmaysan,
Yo'q, mensiz uxlolmaysan.
Yo'q, meni bir zum
O'ylamasdan turolmaysan, yo'q!
Seni balki unutardim, ammo
Hech iloji yo'qdir buni.
Chunki taqdir uchratdi, jonginam,
Menga seni, senga meni.
Ne bo'lsa ham, sen sog'inchingni
Mendan yashira olmaysan.
Chunki men ko'zlaringda ko'raman:
Meni sevasan, meni sevasan!
Yo'q, yo'q, yo'q!
Yo'q, yo'q, mensiz yasholmaysan,
Yo'q, mensiz turolmaysan.
Yo'q, meni o'ylab,
Tunlar bedor uxlolmaysan.
Yo'q, yo'q, mensiz yasholmaysan,
Yo'q, mensiz uxlolmaysan.
Yo'q, meni bir zum
O'ylamasdan turolmaysan, yo'q, yo'q, yo'q! (x2)