Bugun armon to'lar qalbimda,
Yurak-bag'rim bo'lar pora-pora.
Ayt, seni sog'ingan dilimni
Ne bilan ovutay, yo'qdir chora?
Balki ko'p vaqt o'tmay, qalbingdan
O'chira olarsan sevgim mening.
Yolg'izlanib qolgan qalbimda
Abadiy chizilgan isming sening.
Xalos et meni javobsiz sevgingdan,
Bir zum xalos et, endi charchadim sog'inchdan.
Begunoh yurak sarson arosatda,
Qalbim mahrum et bir on, to'xtatgin sevishdan.
O'ylasam, biz kutgan orzular
Tobora uzoqda bizdan ular.
Sevgimiz go'yo bir hikoya,
Unda sahifalar tugab borar.
Balki ko'p vaqt o'tmay, qalbingdan
O'chira olarsan sevgim mening.
Armonlarda qolgan qalbimda
Takror urib turar isming sening.
Xalos et meni javobsiz sevgingdan,
Bir zum xalos et, endi charchadim sog'inchdan.
Begunoh yurak sarson arosatda,
Qalbim mahrum et bir on, to'xtatgin sevishdan.