Sev, jonim, meni sev,
Kechagi kundan ko'proq sev.
Kechadan qolgan ma’yuslik
Keltirmasin g'am.
Ayt, nima istaysan,
Nega bunchalar qiynaysan?
Topilarmi yuragingda
Go'sha menga ham.
Uzun-uzun umr yo'llari,
Qo'rqitmasin seni g'amlari,
Faqat xayolingda bo'lmoq istayman.
Endi biz bo'ldik begona,
Ayt, qayga ketay, qayona?
Bu oqshom bag'ringda yonmoq istayman.
Meni sev… Meni sev…
Boq samoga o'zing,
Ko'zing bor – ko'rmaysan.
Xoh ikkiga bo'linmasmi
To'lin oy?
Ayt, meni sevarding,
Sevarmiding garchand?
Yuragingda topilarmi
Menga joy?
Uzun-uzun umr yo'llari,
Qo'rqitmasin seni g'amlari,
Faqat xayolingda bo'lmoq istayman.
Endi biz bo'ldik begona,
Ayt, qayga ketay, qayona?
Bu oqshom bag'ringda yonmoq istayman.
Meni sev… Meni sev… {x2}