Mazmunsiz ko'zlar, befoyda so'zlar,
Kerakmas, jonim, kerakmas.
Sevgisiz yurak, sensiz bu yurak
Yurakmas, aslo yurakmas.
Hayotim tortiq, yo'q bundan ortiq,
Faqat qol, sen yonimda qol.
Haroratim ham, halovatim ham
Mayli ol, borlig'imni ol.
Qaylardasan ayt, bahorim kelarmisan?
Kel, yonimga qayt, quyoshim, kularmisan?
Yor, Madinam ayt, sog'inchim bilarmisan?
Chiroyliginam, yo mensiz yig'larmisan? (x2)
Yulduzlar guvoh, dengizlar guvoh
Bariga, azoblarimga.
Ular chidolmas, hech kim chidolmas
Dardimga, qiynoqlarimga.
Mehring davodir, suv va havodir
Bir so'zing, yulduzday ko'zing.
Faqat kulib tur, baxtim bo'lib yur
Sen o'zing, tanho sen o'zing.
Qaylardasan ayt, bahorim kelarmisan?
Kel, yonimga qayt, quyoshim, kularmisan?
Yor, Madinam ayt, sog'inchim bilarmisan?
Chiroyliginam, yo mensiz yig'larmisan?
Qaylardasan ayt, bahorim kelarmisan?
Kel, yonimga qayt, quyoshim kularmisan?
Yor, Madinam ayt, sog'inchim bilarmisan?
Chiroyliginam, shirinso'zginam.