Ne xushdurur? Yor xushdurur,
 Yor ila yor-yor xushdurur.
 So'z yetmasa, ko'zlar bilan
 Aytilgan izhor xushdurur.
So'z yetmasa, ko'zlar bilan
 Aytilgan izhor xushdurur.
Hijron ila sog'inch ketib,
 Yetishgan diydor xushdurur.
 Yor yonida neki yo'qdir,
 Har nimaki bor xushdurur.
Yor yonida neki yo'qdir,
 Har nimaki bor xushdurur.
Soch xushdurur, zulf xushdurur,
 Ham bo'yu, dastor xushdurur.
 May bilanmas, atri bilan
 Mast qilgan ifor xushdurur.
May bilanmas, atri bilan
 Mast qilgan ifor xushdurur.
Ne xushdurur? Yor xushdurur,
 Yor ila yor-yor xushdurur.
 So'z yetmasa, ko'zlar bilan
 Aytilgan izhor xushdurur.
So'z yetmasa, ko'zlar bilan
 Aytilgan izhor xushdurur.
Rangi ketmas muhabbatning,
 Oq, sariq, zangor xushdurur.
 Aytilsa ham qayta-qayta,
 Izhorlar takror xushdurur.
Ey, aytilsa ham qayta-qayta,
 Izhorlar takror xushdurur.
Ne xushdurur? Yor xushdurur,
 Yor ila yor-yor xushdurur.
 So'z yetmasa, ko'zlar bilan
 Aytilgan izhor xushdurur. (x2)
Yor ila yor-yor xushdurur… {x2}