Sendan uzoq ketdim, ko'nglim uzilmadi,
Muhabbatim imorati buzilmadi. (x2)
Buni kimdir bildi, kimdir bilmadi,
Armon bo'lgan asl yorim yodimdasan. (x2)
Parvonadir yo'llarimda ne-ne oy qizlar,
Baxtim bo'lib chorlaydilar shirmon yuzlar, (x2)
Lekin yurak hamon faqat seni izlar,
Armon bo'lgan asl yorim yodimdasan. (x2)
Ming so'qmoqqa yetakladi ishqning zayli,
Sendan ortiq emas ekan Shirin, Layli. (x2)
Hofiz bo'lib ketdim mana sen tufayli,
Beshariqlik asl yorim yodimdasan.
Endi qayta uchrashmasmiz, alvido yor,
Yuragimning eng tubida bir nido bor: (x2)
U dunyoda uchrashtirsin Parvardigor,
Armon bo'lgan asl yorim yodimdasan. (x2)
Sendan uzoq ketdim, ko'nglim uzilmadi,
Muhabbatim imorati buzilmadi,
Lekin baxtdan ko'zlarim ham suzilmadi,
Armon bo'lgan asl yorim yodimdasan.