Dunyo kezib, rizqin tergan odam,
Ish chatoq, deb aytmasin erkak.
Tongdan tunga qadar yursa ham,
Uyga quruq qaytmasin erkak.
Yo'lin poylar ko'zin qorasi,
Farzandlarin beka onasi.
Erkak zoti – ko'cha bolasi,
Uyga quruq qaytmasin erkak.
Erkak zoti – ko'cha bolasi,
Uyga quruq qaytmasin erkak.
Omad kelmas qaddu-savlatdan,
Er ahlini qisma davlatdan.
O'zing asra shu malomatdan,
Uyga quruq qaytmasin erkak.
O'zing asra shu malomatdan,
Uyga quruq qaytmasin erkak.
Mo'l qil halol nonu oshini,
Topsin hech yo'q kerak toshini.
Hayot, egma yigit boshini,
Uyga quruq qaytmasin erkak.
Hayot, egma yigit boshini,
Uyga quruq qaytmasin erkak.
Gar bermasning oshi hech pishmas,
Olma pishib, og'zingga tushmas.
Odam ini buzilgan qushmas,
Uyga quruq qaytmasin erkak.
Odam ini buzilgan qushmas,
Uyga quruq qaytmasin erkak.
Baland-pastlik yo'l asli dunyo,
Gohi mulzam, goh tasvir dunyo.
Yaratgandan tilaydi Mirzo:
Uyga quruq qaytmasin erkak.
Yaratgandan tilaydi Mirzo:
Uyga quruq qaytmasin erkak. {x3}
Ushbu qo'shiq matni uchun Otabek Ismoilovga minnatdorchilik bildiramiz.