Qorlar yog'adi, ayamaydi,
Ko'zga tomadi, bilinmaydi,
Sensiz sezmayman.
Izg'irin sovuq yuragimda,
Ma’no qolmadi hayotimda,
Sensiz yasholmayman.
Sevgi, bunchalar qiynaysan meni,
Aytaqol, qaylardan izlay men uni,
Qay tomon shamollar uchiradi uni
Mendan? (x2)
Qorlar yog'adi, eslatadi,
Go'yoki qalbim muzlatadi,
Issiqlik sezmayman.
Mehring endi hech isitmaydi,
Muzlagan tuyg'u chorlamaydi,
Sensizlik, ko'nmayman.
Sevgi, bunchalar qiynaysan meni,
Aytaqol, qaylardan izlay men uni,
Qay tomon shamollar uchiradi uni
Mendan? (x2)