Ey birodar, gavdangni ko'tar,
Uzoqda emas, yoningda xatar.
Xatar – bu do'stlar, xatar – bu dushmanlar,
Ular san bilan pul deb gaplashar.
Balki hamma narsa pul bilan o'lchanmas,
Lekin aqcha bo'lmasa, hech kim ham yasholmas.
Orzu-havas ko'p, yashash yaxshi,
Yaxshi yashash undan ham yaxshi.
Yaxshi yashashga nima kerak?
Yaxshigina pul kerak!
Pul kerak, pul kerak.
Pul hammaning ichidagi dard,
Pul – bor hayot, bu haqiqat.
Sandan harakat, Allohdan barakat,
Allohdan barakat, Allohdan barakat.
Kel-kel, mani topib kel,
Mani, mani, mani cho'ntagimga kel. (x2)
Kel-kel “money”,
Money, money, money, money.
Kel-kel “money”,
Qani, qani, qani, qani.
Pul bo'lsa, oshna, changalda sho'rva,
Ko'chada o'sib ko'rib, bildim man.
O'shaning uchun yoshligimdan boshlab
Halol non topishga kuch to'plaganman.
Bu maqsad, toqat, harakat,
Umid, iste’dod, aql, yaxshi niyat.
Ko'z tegmasin, endi manda bor
O'zimizdagi hayot, sevimli yor.
Do'stu-ulfat, hamma vafodor,
To'la hamyon million,
Hamyon to'la million.
To'g'ri, bunga erishmoq bo'lmadi oson.
Million, to'la hamyon million,
Million, hamyon to'la million.
Kel-kel, mani topib kel,
Mani, mani, mani cho'ntagimga kel. (x2)
Kel-kel “money”,
Money, money, money, money.
Kel-kel “money”,
Qani, qani, qani, qani.
To'la hamyon million,
Hamyon to'la million. (x4)
Kel-kel, mani topib kel,
Mani, mani, mani cho'ntagimga kel. (x2)
Kel-kel “money”,
Money, money, money, money.
Kel-kel “money”,
Qani, qani, qani, qani.