Xayolim oldi bu tungi yog'du,
 Bu holatim mahzun.
 Jondan o'tdiku hijron uzun-uzun.
 O'ylab yetib bo'larmidi qoshingga,
 Ishq dardini solib boshimga,
 Yolg'izlab ketding.
Ayt nega, peshonamga yozilgani hazilmi?
 Ishqingda esidan ayrilgan
 Devonaga bo'lib ketdingmi?
 Ayt, menga sendan boshqa yor topilarmu?
 Diydoringsiz ikki dunyoda
 Kuyishimni bilib ketdingmi?
Haliyam ko'ngil tubida ezgu
 Nodonligim qurg'ur.
 Afsuslarim chuqur, chuqur, chuqur.
 O'ylab yetib bo'larmidi qoshingga,
 Ishq dardini solib boshimga,
 Yolg'izlab ketding.
Ayt nega, peshonamga yozilgani hazilmi?
 Ishqingda esidan ayrilgan
 Devonaga bo'lib ketdingmi?
 Ayt, menga sendan boshqa yor topilarmu?
 Diydoringsiz ikki dunyoda
 Kuyishimni bilib ketdingmi? (x1+x1)