Seni menga berishmadi,
Baxtli bo'lsin deyishmadi,
Eshigingni qattiq yopib,
Yana kelgin deyishmadi.
Yerga qarab qaytdim uyga,
Orzularim yonib kulga
Aylanganin tushunib yetib,
Dardlarimni soldim kuyga.
Olislardan qarab turadi,
Qo'llarini cho'zib turadi,
Lekin afsus borolmayman,
Yo'llarimda to'siq turadi. (x2)
To'yingga ham oz qolibdi,
Oq o'ralib, non sinibdi.
Singan – nonmas, mani qalbim,
Nega yorim tortib olishdi?
Ko'zlarida to'la yoshlar,
Yig'latmanglar, bag'ri toshlar!
Asrang mendayin gulimni,
Kulib tursin ko'z-u qoshlar.
Olislardan qarab turadi,
Qo'llarini cho'zib turadi,
Lekin afsus borolmayman,
Yo'llarimda to'siq turadi. (x2)