Odamlar, sizga ne bo'ldi?
Yig'lasam, lek ular kuldi.
Ichimdan mehr ham o'ldi,
Odamlar, odamlar.
Do'stlarim sevgimdan ayirdi,
Qush edim, qanotim qayirdi.
Rost gapim tuhmatga buyurdi,
Odamlar, odamlar.
Vijdon qani, oqibat qani?
Shunchalik o'zgarganmi biz, ayting odamlar?
Yoshligim mani qaytsaydi qani,
Sog'indim, ko'ngli pok, mehribon odamlar. (x2)
Yonimda “sen yaxshi” deysiz,
Ortimdan “u yomon” deysiz.
Yo'qlasam, “tanimadim” deysiz,
Odamlar, odamlar.
Omading kelsa, sen zo'rsan,
Gar sinsang, bilgin, hech kimsan.
Hammasi – bu sinov, bilsang,
Odamlar, odamlar.
Vijdon qani, oqibat qani?
Shunchalik o'zgarganmi biz, ayting odamlar?
Yoshligim mani qaytsaydi qani,
Sog'indim, ko'ngli pok, mehribon odamlar. (x2+x2)