Shimimga qarab kulma, asalim,
Ko'p xingir-xingir-xingir
Deb buzmagin asabim, ey jonon.
Zamondan ortda qolgan bo'lsang kerak,
Poshnali poyabzal, katak klyosh,
Sochlarim telpak, chiroyliman.
Kiydim klyosh, klyosh, klyosh,
Cho'ntak bo'sh, bo'sh, bo'sh,
Qani xaloyiq, yo'llarimdan po'sh, po'sh.
Yigitning guli kelar,
Qaddi-qomatli qoraqosh.
Qo'limda tanburim, shu barmoqlarim dadil,
Man ting'ir, ting'ir, ting'irni
Boshlayman hozir, beshubha.
Qishlog'ida san’atimni yaxshi ko'rarlar,
Hatto qarsaklar o'rniga
Toshlar ham otib turarlar.
Kiydim klyosh, klyosh, klyosh,
Cho'ntak bo'sh, bo'sh, bo'sh,
Qani xaloyiq, yo'llarimdan po'sh, po'sh.
Yigitning guli kelar,
Qaddi-qomatli qoraqosh. (x2)
Dr-lang, dum-dum,
Qani lapardan olaqol endi, dum-dum.
Choponning beliga, nog'oraga gum-gum,
Kel-kel yor, qani raqsim alik.
Mana shu harakatim hali raqsda yangilik,
Bir qiyo boqqin, boshqachaman.
Ha-hu, ko'ngil qo'ygan bo'lsam, ha ko'rgin hozirlik,
E klyosh hurmati, xo'pmi jonim?
Kiydim klyosh, klyosh, klyosh,
Cho'ntak bo'sh, bo'sh, bo'sh,
Qani xaloyiq, yo'llarimdan po'sh, po'sh.
Yigitning guli kelar,
Qaddi-qomatli qoraqosh. (x2)