Sani man vafodor debman,
Qalbida vafo bor debman,
Ko'zlarimga tik boqmasding,
Uni man hayo bor debman.
So'zingda shifo bor debman,
Dardimga davo bor debman,
Bormidi manda yo qasding?
Sani man vafodor debman.
Mayda-mayda, maydalab yog'ar yomg'ir,
Yuzlarimni siypalab, yog'ar yomg'ir.
Tomchilari eslatar seni menga,
Yuragimni timdalab, yog'ar yomg'ir. (x2)
Kutmagan edim sandan hech,
Nogahon deding mandan kech,
O'zimda xato bor debman,
So'zimda xato bor debman.
Bergan va’dangdan kechdingmi?
Yo niqobingni yechdingmi?
Yuzingda ziyo bor debman,
Sani man vafodor debman.
Mayda-mayda, maydalab yog'ar yomg'ir,
Yuzlarimni siypalab, yog'ar yomg'ir.
Tomchilari eslatar seni menga,
Yuragimni timdalab, yog'ar yomg'ir. (x2)
Mani, yor, ado qilib ketding,
Tuzalmas xato qilib ketding,
O'zing o'zgani, deya mendan
O'zingni judo qilib ketding.
Bag'rimni tilib-tilib ketding,
Yuragim yulib-yulib ketding.
Oh, nega sani yor debman?
Sani man vafodor debman.
Mayda-mayda, maydalab yog'ar yomg'ir,
Yuzlarimni siypalab, yog'ar yomg'ir.
Tomchilari eslatar seni menga,
Yuragimni timdalab, yog'ar yomg'ir. (x2)