Mayli yomg'ir, mayli qor bo'lsin,
Siz tomonga chorlar qadamlar.
Qayda bo'ling – faqat sog' bo'ling,
Meni yaxshi ko'rgan odamlar.
Mayli yomg'ir, mayli qor bo'lsin,
Siz tomonga chorlar qadamlar.
Qayda bo'ling – faqat bor bo'ling,
Meni yaxshi ko'rgan odamlar.
Siz borsizki kichik yirikman,
Siz borsizki bilinmas kamlar.
Axir siz tufayli tirikman,
Meni yaxshi ko'rgan odamlar.
Meni yaxshi ko'rgan odamlar,
Meni yaxshi ko'rgan odamlar,
Axir siz tufayli tirikman,
Meni yaxshi ko'rgan odamlar.
Ana dunyo, kim or, kim beor,
Kimdir kimga so'rar alamlar.
Siz borsizki, Xudo menga yor,
Meni yaxshi ko'rgan odamlar
Va men yaxshi ko'rgan odamlar.
Ko'dim qancha qayg'u-yu bazm,
Qoldimi men ko'rmagan damlar?
Bugun sizga qilaman ta’zim,
Meni yaxshi ko'rgan odamlar.
Meni yaxshi ko'rgan odamlar,
Meni yaxshi ko'rgan odamlar,
Bugun sizga qilaman ta’zim,
Meni yaxshi ko'rgan odamlar.