Senga bag'ishladim borimni, ammo foydasi ham bo'lmadi,
Seni izladim, lek charchadim, nega yuragim hech to'lmadi?
Nega ayblading bilmadim, yuragingda mehr yo'q edi,
Nega sevaman deb aldading, chunki senda sevgi yo'q edi.
Balki orzularda ayb yo'q, seni o'ylab telba bo'ldim,
Senga bo'lgan tuyg'ularim tugab bo'ldi, bo'ldi.
Biz sevgan o'sha joy, osmonlarda porlar oy,
Lekin bariga nimadir kamlik qildi hoyna-hoy.
Charchadik sevgidan, tunlardek o'zgasidan,
Lekin g'urur ustun bo'lib qolaverdi baridan.
Aqlimga sig'madi, lek xayollar tinmadi,
Seni o'ylash bilan baland g'ururim ham sinmadi.
Esla o'sha joylar, osmondagi bu oylar,
Bizni hamon birga bo'lishimizni ular poylar.
Berib bo'lding kimga boringni, tanlamading menday zoringni,
Barcha tuyg'ularim xor etib, ketding ko'zlaringga zor etib.
Savollarim senga ko'p edi, lekin tinglamading ularni,
Afsus, o'zing ketding bemalol, xor etib tuyg'ularni.
Yig'lama, bor endi, ko'zlarim zor edi o'sha paytlar… {x2}
Baxtimni olib qo'ydi o'zgasi nega,
Yorim ham tanlab ketdi o'zgasini nega?
Yana o'sha g'am, eski holatdaman,
Endi yuragimni kimga beraman?
Nega o'ynading tuyg'ularimni, yorim,
Nega yuragimga kirding, ayt jonim?
Aldanib bo'lding gullarga, bittada ko'nding kimlarga,
Yor bo'lib qolding kimlarga?
Har tomoningda yo'llaring, har qadamingda zorlaring,
Lekin bittasi menday bo'lolmaydi yorlaring.
Qara, mana bir kunda-a, yana begonaga aylandik,
Qara, bir kunda-a yana begonaga aylandik.
Ko'zlaring sog'inib, o'tirarman o'zim,
Ko'zlaring sog'inib, o'tirarman o'zim.
Biz sevgan o'sha joy, osmonlarda porlar oy,
Lekin bariga nimadir kamlik qildi hoyna-hoy.
Charchadik sevgidan, tunlardek o'zgasidan,
Lekin g'urur ustun bo'lib qolaverdi baridan.
Aqlimga sig'madi, lek xayollar tinmadi,
Seni o'ylash bilan baland g'ururim ham sinmadi.
Esla o'sha joylar, osmondagi bu oylar,
Bizni hamon birga bo'lishimizni ular poylar.