[Shaxriyor]
Agar sevgi gunoh bo'lsa,
Demak menda gunoh bor.
Bu gunohdan xabardor
Yana bitta guvoh bor.
U sirimni aytmaydi
O'zgaga ochiq oshkor
Chunki uning o'zi ham
Xuddi mendek gunohkor.
Gar ko'nglimni qo'lingga tutsam,
Qalb-qo'ringga joylay olasanmi?
Chin sevgimni senga atasam,
Sen vafodor bo'la olasanmi?
Mehr ila yuzingga boqsam,
Bir jilmayib qo'ya olasanmi?
Gar o'zgalar senga qosh qoqsa,
Sevganim bor deya olasanmi?
[Renat Sobirov]
Jonim ayt, borim ayt,
Sen men-la baxtlimisan?
Yorim ayt, borim ayt,
Sen birga baxtlimisan?
[Shaxriyor]
Sevganim bor deya olasanmi?
Gar quvonchdan to'kilsa yoshim,
Sen men uchun kula olasanmi?
Yo g'amimdan egilsa boshim,
Darddosh bo'lib yig'lay olasanmi?
Hayot yo'lim chigalga to'lsa,
To'g'ri yo'lga boshlay olasanmi?
Yo hayotda egilib qolsam,
Suyanganim bo'la olasanmi?
Azoblardan ko'zim yoshlansa,
Kelib yoshim arta olasanmi?
Xafa bo'lma, men bormanku deb,
Dilga dalda bera olasanmi?
O'zgalardan seni qizg'onsam,
Bundan quvnab kula olasanmi?
Aytgin, kimni sevasan desam,
Faqat seni, deya olasanmi?
[Renat Sobirov]
Jonim ayt, borim ayt,
Sen men-la baxtlimisan?
Yorim ayt, borim ayt,
Sen birga baxtlimisan?
[Shaxriyor]
Sevganim bor deya olasanmi?
Faqat seni, deya olasanmi?
[Renat Sobirov]
Jonim ayt, borim ayt,
Sen men-la baxtlimisan?
Yorim ayt, borim ayt,
Sen birga baxtlimisan?