Ayol zoti boshingga chiqmoq uchun payt poylar,
Ul-bul narsa kerak bo'lsa, shirin bo'lib ketar choylar.
Ayol zoti boshingga chiqmoq uchun payt poylar,
Qimmat ko'ylak kerak bo'lsa, shirin bo'lib ketar choylar.
“Holatimni bil” – desang,
“Jonim, sabr qil” – desang,
Aytganingga ko'nmaydi.
Qoshlarini kervolib,
Ostonada turvolib,
Oh, asabingni o'ynaydi. (ahey)
Yorim “Ketoman” – deydi,
Ketkazgani qo'ymanman.
Yo'llariga chim bosib-o,
O'tkazgani qo'ymayman.
Muhabbatim, baxtim o'zing,
San ko'nglim yagonasi.
Goh urushib, tez yarashib,
Yuribmizda onasi.
“Ne bo'ldi?” – deb tinchlik bermas,
Unda amma, xolang bor.
Ota uyiga sig'maysan-o,
Etak to'la bolang bor!
Qo'ni-qo'shni, kelin-kechak,
Elu-olam, xolang bor.
Ota uyiga sig'maysan-o,
Etak to'la bolang bor!
Eru-xotin urushi – doka ro'mol qurishi,
Oh, doka ro'molingdan-ey.
Uch-to'rt kunlik matoni deb,
Qasd olma joningdan-ey.
Voy, yorim ketoman deydi,
Ketkazgani qo'ymayman.
Yo'llariga gul sochib-o,
O'tkazgani qo'ymayman.
O'g'il-qizlar bori erur
Muhabbat nishonasi,
Sani qanday sevishimni
Bilmaysanda onasi.
Yal-yal yonib turganmish-ey,
Yuragidan urganmish.
“E, shuncha ko'ylaging bor” desam,
“Uni qarindoshlar ko'rganmish”.
Lov-lov yonib turganmish-o,
Yuragidan urganmish.
“Mingta ko'ylaging bor” – desam,
“Uni qarindoshlar ko'rganmish”.
Sabr qilsang bo'lmasmu?
Ko'ngling hecham to'lmasmu?
Bir deganda zo'r yig'laysan,
Aktyor bo'lsang bo'lmasmu?
“Baribir ketoman” dema,
Baribir keta olmaysan.
Yaxshimanmi, yomonmanmi,
Mensiz baxtli bo'lmaysan.
Barakadan ayrilmasin
Baxtimiz koshonasi,
Sakson, to'qson, yuzdan oshib
Yuraylik-ey, onasi.
Sani qanday sevishimni,
Bilmaysanda onasi.
Yorginangning sherligini
Bilmasmiding, onasi?
E, o'sha qimmat ko'ylak sandan
Aylansin-ey, onasi!