Buncha og'ir bu so'zlar yuragimga,
Chin sevgingni rad etdim sening.
So'zimdanmas, ko'zimdan sezmadingmi –
Sen deb urar yuragim mening.
Bu so'zlar ne og'ir kechar,
Ko'zlarimga boqsang, axir roziman.
Afsus, bu so'zlar sendan ayirar,
Ko'zlarimga boqsang, axir roziman,
Axir roziman.
Hayotimiz takrorlanmas bir kino –
Birgina rol, yagona imkon.
Lekin unday orqangga qaytmas hayot,
Kelajakka faqat sen ishon.
Bu so'zlar ne og'ir kechar,
Ko'zlarimga boqsang, axir roziman.
Afsus, bu so'zlar sendan ayirar,
Ko'zlarimga boqsang, axir roziman,
Axir roziman. (x1+x1)