Qara, bugun yomg'ir ko'z yoshimga o'xshar,
Sherik bo'lib yig'lab, yurak-bag'rim qaqshar.
Sen buni bilmaysan, aslo o'ylamaysan,
Lekin kuni kelib qadrimga yig'laysan.
Men sen uchun bir qo'g'irchoq edim xolos,
Yaqinlarim ham sezgani bo'ldimi rost?
Hammadan kechib, bir seni tanlagandim,
Endi afsuslar menga bo'ldimi do'st?
Yana yomg'ir, naqadar og'ir…
Qara, bugun yomg'ir ko'z yoshimga o'xshar,
Sherik bo'lib yig'lab, yurak-bag'rim qaqshar.
Sen buni bilmaysan, aslo o'ylamaysan,
Lekin kuni kelib qadrimga yig'laysan.
Kerak emas, barin qaytadan boshlama, ket,
Yetadi qiynalganim shuncha, bo'ldi kech.
Allaqachon sensiz yashashni o'rgandim,
Sen xohlagandek endi bo'lmayman hech.
Yana yomg'ir, naqadar og'ir…
Qara, bugun yomg'ir ko'z yoshimga o'xshar,
Sherik bo'lib yig'lab, yurak-bag'rim qaqshar.
Sen buni bilmaysan, aslo o'ylamaysan,
Lekin kuni kelib qadrimga yig'laysan.
Yana yomg'ir, naqadar og'ir…
Qara, bugun yomg'ir ko'z yoshimga o'xshar,
Sherik bo'lib yig'lab, yurak-bag'rim qaqshar.
Sen buni bilmaysan, aslo o'ylamaysan,
Lekin kuni kelib qadrimga yig'laysan. (x2)