Bugun joningizga fido jonimiz,
 Baxtlarga to'lsin har bir onimiz.
 Takrorlab aytadi xush zabonimiz,
 Assalomu alaykum qadrdonlar.
Takrorlab aytadi xush zabonimiz,
 Assalomu alaykum jonajonlar-ey,
 Assalomu alaykum qadrdonlar.
Kunda to'y-tomosho, bazmdamiz biz,
 Qo'shiq aytib, navo-nazmdamiz biz. (x2)
 Sizga bir umr ta’zimdamiz biz,
 Assalomu alaykum qadrdonlar.
Sizga bir umr ta’zimdamiz biz,
 Assalomu alaykum jonajonlar-ey,
 Assalomu alaykum qadrdonlar.
Tangrim yurtimizga nazarin solsin,
 Bizdan kelajakka hur vatan qolsin. (x2)
 Qo'shig'imdan dilingiz oromlar olsin,
 Assalomu alaykum qadrdonlar.
Qo'shig'imdan dilingiz oromlar olsin,
 Assalomu alaykum jonajonlar-ey,
 Assalomu alaykum qadrdonlar.
Oq ko'ngilli xalqim, jonajon xalqim,
 Jonim fido qilsam, ketmaydi haqqim. (x2)
 Sizga farzandligim eng katta baxtim,
 Assalomu alaykum qadrdonlar.
Sizga farzandligim eng katta baxtim,
 Assalomu alaykum jonajonlar-ey,
 Assalomu alaykum qadrdonlar.