Ko'nglimga kelding, ko'nglimni ochdim,
Quvonib sevdim, sirimni berdim.
Kun o'tdi, tun o'tdi, yuzingni ko'rdim,
Lola bu yanglig' dilimda qondir-qondir.
Ey odamlar, man nima yomonlik qildim yorga?
Odamlar, faqat odamlik qildim man.
Yoronlar, nega hech kim dardimni anglolmaydi?
Odamlar, dardimga shifo o'zing, Xudo.
Bittaga bitta, mingtaga mingta,
Aslida yakka o'zing, Xudo.
Yo'lingda jonim, izmingda borim,
Muhabbatingdan etma judo.
Dunyoga keldim, dunyoni ko'rdim,
Ko'z yoshlar to'kib, qadringga yetdim.
Jonimdan kechma, aybimni kechir,
Qanchalar faqirligimni bildim-bildim.
Ey odamlar, man nima yomonlik qildim yorga?
Odamlar, faqat odamlik qildim man.
Yoronlar, nega hech kim dardimni anglolmaydi?
Odamlar, dardimga shifo o'zing, Xudo.
Bittaga bitta, mingtaga mingta,
Aslida yakka o'zing, Xudo.
Yo'lingda jonim, izmingda borim,
Muhabbatingdan etma judo. (x1+x2)