Soyangiz bulutga ergashgan,
Sizlarga yaxshilik ergashgan,
Soyangiz bulutga tirmashgan,
Sizlarga yaxshilik ergashgan,
Yodingiz dillarda joylashgan,
Unutmoq osonmas sizlarni. (x2)
Siz yo'qsiz – qalbimda yarolar,
Ayting, bu dardni kim davolar?
Shukur, bor siz aytgan navolar,
Unutmoq osonmas sizlarni.
Shukur, bor siz aytgan navolar,
Unutmoq osonmas sizlarni.
Afsusdan egildi boshlar ham,
Sog'inib uyildi qoshlar ham. (x2)
Firoqdan dengizdir yoshlar ham,
Unutmoq osonmas sizlarni. (x2)
Bu dunyo o'tkinchi, bevafo,
Siz shoir, siz hofiz, siz daho.
Ushbu dam qalbimda bir vido:
Unutmoq osonmas sizlarni.
Ushbu dam qalbimda bir vido:
Unutmoq osonmas sizlarni.
Unutmoq osonmas sizlarni,
Unutmoq osonmas sizlarni.