Kuyunchagim, kuyunma,
 Kuyib ketganlar kammi?
 Diydorga to'ymay, jondan-ey
 To'yib ketganlar kammi? (x2)
Yurak-bag'ri ezilib,
 Kiprikka yosh tizilib, (x2)
 Yor ismini o'g'liga
 Qo'yib ketganlar kammi? (x2)
Kuyunchagim, kuyunma,
 Kuyib ketganlar kammi?
Kimgadir juftihalol
 Vale tole’yi uvol. (x2)
 Gul umrini kelida-yey
 Tuyib ketganlar kammi? (x2)
Kuyunchagim, kuyunma,
 Kuyib, ketganlar kammi?
 Diydorga to'ymay, jondan-ey
 To'yib ketganlar kammi?
Ko'nglimni buzma, gulim,
 Bag'rimni ezma, gulim. (x2)
 To'ydan keyin erini
 Suyib ketganlar kammi? (x2)
Kimgadir juftihalol
 Vale tole’yi uvol. (x2)
 Gul umrini kelida-yey
 Tuyib ketganlar kammi? (x2)
Kuyunchagim, kuyunma,
 Kuyib, ketganlar kammi?
 Diydorga to'ymay, jondan-ey
 To'yib ketganlar kammi?
Yor ismini o'g'liga-yey
 Qo'yib ketganlar kammi?
 Oh, yonib ketganlar kammi,
 Oh, kuyib keganlar kammi?