Yo'limiz boshqa, har taraf ketamiz endi-endi,
Sevgim o'yin ekan, netamiz endi-endi?
Shirin sevgimizni alishding qog'ozlarga,
Yaxshi yashayman, deb nafsing qulisan endi.
Yuragim yig'laydi, lekin kulaman endi-endi,
Sensiz yashamoq og'ir, chidayman endi-endi.
Farishtadek niqobing yecharsan endi-endi,
Bilgin yor, bu gunohing yuvolmaysan endi-endi.
Ichimda gaplar qolib ketdi,
Aytolmadim, yurak seni deb yonib ketdi.
Sevganim kam edimi yoki senga ko'z tegdimi?
Begonalar seni olib ketdi. (x2)
Qaytmagin, orqaga yo'l yo'q, ketaver endi-endi,
Ko'nglimda senga boshqa joy yo'q, boraver endi-endi.
Aytay desam, hatto so'z yo'q, yig'layver endi-endi,
Xatoni men emas, sen qilding, chidaysan endi-endi.
Yillar o'tib bormoqda qara, unutdim endi-endi,
Aslida sening kimliging tushundim endi-endi.
Biz kutgan o'sha yomg'irlar tindi endi-endi,
Yuragimda yashaysan, gulim, bo'ldi endi-endi.
Ichimda gaplar qolib ketdi,
Aytolmadim, yurak seni deb yonib ketdi.
Sevganim kam edimi yoki senga ko'z tegdimi?
Begonalar seni olib ketdi. (x2)