(G'urbatda g'arib shodimon bo'lmas emish,
 El anga shafiq-u mehribon bo’lmas emish.
 Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
 Bulbulg'a tikondek oshiyon bo’lmas.)
Oshiyon bo'lolmas,
 Chunki qafas asli bulbulga vatanmas,
 Hali bir tunim ham
 Tushimda Navoiyni ko'rmasdan o'tganmas.
Yurakda Vatanga sevgi, yurakda eng ulug' tuyg'u,
 Ohista qadam bosaylik, bobolarim yotgan tuproq bu.

 Ohista qadam bosaylik, momolarim yotgan tuproq bu.
Ayollar yuzida
 Bibixonim siymosini ko'raman,
 Xayolda Ulug'bek bobom bilan
 Rasadxonaga yulduz sanagani boraman.
Yurakda Vatanga sevgi, yurakda eng ulug' tuyg'u,
 Ohista qadam bosaylik, momolarim yotgan tuproq bu.
 Yurakda Vatanga sevgi, yurakda eng ulug' tuyg'u,
 Ohista qadam bosaylik, bobolarim yotgan tuproq bu.
Boshqacha baribir
 Bu qondosh el – Samarqandning shevasi,
 Dunyoning zo'ri ham
 Surxondaryolik bilan kurashaman demasin.